15:15 (07.10.2022)
2649
Fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 8 oktyabrь kuni sog‘liqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul o‘tkaziladi.
Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi,Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, «Dori-darmon» AK, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga mas'ul o‘rinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.
Ommaviy qabul joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 10:00da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hududida o‘tkaziladi.