Yangiliklar

not found

Xitoyda maymun chechagi virusining yangi shtammi aniqlandi

Xitoy sog‘liqni saqlash idoralari maymun chechagi virusining tarqalishi davom etayotgan bir paytda clade Ib shtammining yangi mutatsiyasi aniqlanganini e’lon qildi. O‘tgan yili Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kasallik tarqalishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat deb e’lon qilgan edi. Xitoy kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagining klasterli epidemiyasi clade Ib shtammining kichik turi tufayli kelib chiqqan. Kasallikning birinchi holati ilgari Kongoda yashagan chet el fuqarosida aniqlangan. Yana to‘rtta holat uning yaqin odamlari orasida tasdiqlangan. Ushbu kasallik bemorlarda oson kechadi va teri toshmasi va shish kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. O‘tgan yilning avgust oyida, Kongodagi epidemiya qo‘shni davlatlarga tarqalgandan so‘ng, JSST ikki yil ichida ikkinchi marta maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holat deb e’lon qildi. Xitoyning Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi maymun chechagi epidemiyasi V toifali yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilishini ma’lum qildi. Bu shuni anglatadiki, rasmiy xizmatlar zarur shoshilinch choralarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi - ommaviy to‘planishlarni cheklash, tashkilotlar va ta’lim muassasalari faoliyatini to‘xtatish, shuningdek, kasallik tarqalganda hududlar chegaralarini yopish.

  • 13 Yanvar, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech