09:10 (31.10.2025)

88

«Dori-Darmon” AK dorixona xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi

«Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan dorixona xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi. Treningda dorixona mudirlari va xodimlari onlayn hamda oflayn formatda ishtirok etdi.

O‘quv jarayonida Hindistonning “Rusan Pharma Ltd” kompaniyasi vakillari ishtirok etib, kompaniyaning ilg‘or dori vositalari haqida ma’lumot berdilar. Jumladan, "Bioran Rapid” preparati haqida maxsus taqdimot o‘tkazildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, «Bioran Rapid” — og‘riq va yallig‘lanishga qarshi tez ta’sir etadigan zamonaviy dori vositasidir. U turli suyak-bug‘im tizimi kasalliklarida, jarohat yoki operatsiyadan keyingi og‘riqlarda, quloq, matoq va burun infeksiyalarida, yallig‘lanish kasalliklarida samarali qo‘llaniladi. Preparatning asosiy afzalligi — organizmda tez so‘rilishi va og‘riqni qisqa vaqt ichida yengillatishi hisoblanadi.

Tadbirda xodimlar preparatning qo‘llanish tartibi, ta’sir mexanizmi, dozalari va nojuya ta’sirlarii haqida savollar berib, mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar.

Ma’lumot uchun:
“Rusan Pharma Ltd” — Hindistonning yetakchi farmatsevtik kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1994-yilda asos solingan. Kompaniya dori vositalarining tadqiqoti, ishlab chiqarish va dunyo bo‘ylab eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Asosiy yo‘nalishlari — og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, onkologik va nevrologik kasalliklar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini ishlab chiqishdir. Kompaniya mahsulotlari 50 dan ortiq davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi o‘quvlar xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, aholiga sifatli va ishonchli farmatsevtik xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech