Yangiliklar

not found

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ҳамда ДХХнинг Андижон вилояти бошқармалари томонидан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда қонунга хилоф равишда дори воситалари савдоси билан шуғулланиб келган фуқаро А.Б. тегишли ҳужжатлари бўлмаган 30 қути “Элфлок 100 мл” номли дори воситасини Жалақудуқ туманидаги “Z.F.” МЧЖга қарашли дорихонага ўтказиш учун олиб келган вақтида ушланиб, унинг бошқарувидаги автотранспорт воситаси ва яшаш хонадонидан сотиш мақсадида сақлаб келинган умумий баҳоси 172,2 млн сўмлик ҳужжатсиз дори воситалари ашёвий далил сифатида олинган Шу каби, Департаментнинг Ангор туман бўлими вилоят ИИБ ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда фуқаро Г.М. фуқаро М.Х.га таркибида кучли таъсир қилувчи моддалари мавжуд бўлган 8 қути (288 капсула) “Редуксин лайт” ва 8 қути “Detox Tea” номли дори воситаларини 4,5 млн сўмга сотган вақтида ушланиб, ушбу дори воситалари ашёвий далил сифатида олинган. Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

  • 26 Iyul, 09:00
  • Batafsil
not found

“Zangiota-2” shifoxonasi oʼrnida Toshkent shahar bolalar koʼp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Toshkent shahar bolalar koʼp tarmoqli shifoxonasini tashkil etish toʼgʼrisida” qaror qabul qildi.  Unga muvofiq, koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʼljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʼsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: Toshkent shahar hokimligining “Toshkent” MFY Yangi aylanma yoʼli manzilida joylashgan “Zangiota-2” shifoxonasi oʼrnida Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi 500 oʼrniga moʼljallangan Toshkent shahar bolalar koʼp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. “Zangiota-2” shifoxonasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan Bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi. Shifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʼladi: ♦ 18 yoshgacha boʼlgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni oʼtkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsulьtativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini koʼrsatish;♦ tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;♦ Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda koʼmaklashish;♦ tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish. 2024 yil 1 sentyabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam koʼrsatishga moslashtiriladi.

  • 25 Iyul, 18:01
  • Batafsil
not found

Nima uchun koʼzlar tez-tez yoshlanadigan boʼlib qoladi?

Koʼzingiz yoshlanishi va qichishayotganini his qilsangiz, bu alomatni befarq qoldirmang. Koʼzlar bezovta boʼlganining sababini aniqlash va oʼz vaqtida choralar koʼrish keyinchalik yuzaga kelishi mumkin boʼlgan jiddiy muammolarning oldini olishi mumkin. Nega koʼzlar yoshlanadi? Koʼz yoshlari hosil boʼlishi tabiiy jarayon boʼlib, koʼz doimo oz miqdorda oʼzidan suyuqlik chiqarib turadi. Bu koʼzning shox pardasi qurib ketishiga yoʼl qoʼymaydi va shilliq qavatni dezinfektsiya qiladi. Koʼpincha koʼzdagi noqulaylik, odam uzoq vaqt davomida kompьyuter yoki televizor qarshisida oʼtirgandan soʼng paydo boʼladi. Quruq havo va yorugʼlikning yetarli darajada emasligi ham bu muammoga olib kelishi mumkin. Toʼsatdan koʼz yoshlarining paydo boʼlishi va vaqt oʼtgani sayin koʼpayib borishi turli sabablarga (https://www.wday.ru/krasota-zdorovie/encyclopedia-zdorovia/pochemu-postoyanno-slezitsya-glaz/)koʼra sodir boʼlishi mumkin: - B2 vitamini va mikroelementlarning yetishmasligi;- OʼRVI va turli shamollashlar;- Koʼz infektsiyalari. Shuningdek:Kontakt linzalar. Ularni uzoq muddat davomida taqish, ularning eskirishi yoki sifati buzilishi, gigiena va linzalardan foydalanish qoidalariga, mahsulotning yaroqlilik muddatiga rioya qilmaslikdan ham kelib chiqadi. Kosmetika. Sifatsiz goʼzallik vositalari tufayli koʼzda yalligʼlanish paydo boʼlish ehtimoli yuqori. Koʼzlar uchun ishlatiladigan tush, ten kabi kosmetikalar tarkibida turli changlar, koʼz yoshlanishini keltirib chiqaradigan kimyoviy vositalar boʼlishi mumkin. Аllergik reaktsiya. Baʼzi insonlar oʼsimlik gulchanglari, terakning paxmoq gullari, chang va kimyoviy moddalardan allergiyasi boʼladi va bunday allergenlar koʼz, burun, quloq va hatto tomoqqa taʼsir koʼrsatadi. Koʼzlar charchashi yoki unga yot jism kirib ketishi. Аgar kasbingiz kompьyuterda uzoq vaqt ishlash yoki yorugʼlikka kam chiqishni taqozo etsa, koʼzlar qurishi va qizarishi, bir oz yoshlanishi kuzatilishi mumkin. Koʼzlar yoshlanganda nima qilish kerak? Koʼzdagi qizarish va yoshlanishni keltirib chiqargan sababga qarab uning davo chorasi aniqlanadi. Аvvalo, koʼzda yalligʼlanishni hosil qiladigan sabablarni bartaraf etish kerak, buning uchun koʼzlarni shamol yoki quyoshdan himoya qilish, kontakt linzalarini olib tashlash, koʼzga kirgan yot jismdan xalos boʼlish zarur. - Oftalmolog bilan maslahatlashgan holda koʼzlar uchun maxsus tomchilardan foydalaning;- Moychechak, sedana va kalendula qaynatmasi bilan koʼzlarni yuving;- Аgar koʼz yoshlanishidan tashqari shish ham bezovta qilsa, kartoshkani doira shaklida kesib, 30-40 daqiqa davomida koʼzga qoʼyish mumkin.- Tariq qaynatilgan suvni koʼzlardagi charchoqni olish uchun ishlatish mumkin. Muhimi, yuqumli koʼz kasalliklari oʼzboshimchalik bilan uy sharoitida davolanmasligi kerak. Koʼzlarda yuqumli kasallik aniqlanganda oftalmologga murojaat etish va uning tavsiyalariga amal qilish zarur.

  • 25 Iyul, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech