Yangiliklar

not found

Birinchi yordam: nima uchun kuygan joyga muz qoʼyish mumkin emas?

Birinchi yordamning asosiy qoidasi — tez harakat qilish. Ikkinchi va eng muhim qoida esa toʼgʼri yoʼl tutish. Koʼpchilik bu borada sogʼliqqa zarar yetkazadigan xatolar qilib qoʼyadi. Quyidagi maslahatlar bu borada yordam beradi. Burundan qon ketishi Xato: boshni orqaga tashlash. Birinchidan, bu samarasiz va qon ketishini toʼxtatishga hech qanday yordam bermaydi, ikkinchidan, bu qonni yutib yuborish va keyinchalik qayt qilishga olib kelishi mumkin. Toʼgʼri yoʼl: oldinga egilib, burun koʼprigini siqing. Аgar qon ketishi 10 daqiqada toʼxtamasa, burunga paxta tiqib, shifokorga boring. Kuyish Xato: kuygan joyga muz yoki yogʼ surtish. Bunday xalqona davolanish zararli, chunki yogʼ issiqlik beradi va vaziyatni yanada kuchaytiradi. Boshqa tomondan, muz teri hujayralarini haddan tashqari sovitib yuborishi va ularning zararlanishiga olib kelishi mumkin. Toʼgʼri yoʼl: kuygan joyni oqayotgan sovuq (muzdek emas!) suvostida bir necha daqiqa ushlab turing, soʼngra toza, quruq bandaj bilan oʼrab, tibbiy yordamga murojaat qiling. Ogʼir shikastlanishlar Xato: shikastlangan odamni qimirlatish. Аgar jabrlanuvchi joyida qolganda jiddiy shikastlanish xavfiga duch kelmasa, hech qachon bunday qilmang. Boshqa barcha holatlarda yaradorni qimirlatmaslik, agʼdarish yoki tana holatini boshqa yoʼl bilan oʼzgartirish mumkin emas — shu tariqa olgan jarohatlari, shu jumladan, umurtqa pogʼonasi yoki ichki aʼzolari zararlanishi mumkin. Toʼgʼri yoʼl: tez yordam chaqiring va jabrlanuvchi atrofidagi boʼsh joyni maksimal darajada oshiring, shunda shifokorlar unga toʼsiqsiz yordam qilishlari mumkin. Kesilish va jarohatlar Xato: yarani tupik bilan tozalashga urinish. Tupik bakteriyaga qarshi xususiyatlarga ega deb ishoniladi, lekin bu xato. Ogʼizda juda koʼp bakteriyalar bor (masalan, ular tish plastinkasida), ular yaraga tushganda infektsiyani kuchaytirishi mumkin. Xuddi shu sababga koʼra, yarani daryo yoki koʼldagi suv bilan yuvish ham xavfli. Toʼgʼri yoʼl: yarani vodoprovod suvi yoki fiziologik aralashma bilan yuvib tashlang, bunday aralashma uyingizda yoki mashinangizning dori qutisida boʼlishi lozim. Qayrilish, chiqish yoki sinish Xato: iliq kompress qoʼllash faqatgina vaziyatni yomonlashtiradi. Issiqlik qon oqimini oshiradi, bu esa yanada kuchli shishga olib kelishi mumkin. Toʼgʼri yoʼl: koʼkargan yoki singan joyni muz yoki kompress bilan sovitib, shikastlangan tana qismini harakatsiz qoldiring va iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling. Koʼz shikastlanishi Xato: koʼzdan begona narsalarni olib tashlashga urinish. Faqatgina biror-bir kimyoviy modda kirsagina, darhol sovuq suv bilan koʼzni yuvish kerak. Boshqa barcha hollarda begona narsalarni mustaqil ravishda olib tashlashga urinish zararni yanada kuchaytirishi va hatto yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Toʼgʼri yoʼl: shikastlangan koʼzni bint bilan bogʼlang va darhol shifokorga murojaat qiling. Yoʼl-transport hodisasi Xato: qoʼrqinchli joyi yoʼq deb, shifokorga bormaslik. Аdrenalin taʼsirida tana ogʼriqni “yashirishi” mumkin, hatto jiddiy jarohatlardan keyin ham jabrlanganlarga ahvoli yaxshi boʼlib tuyuladi. Аksariyat hollarda yordamning tezligi hal qiluvchi rol oʼynaydi. Toʼgʼri yoʼl: agar mashinangiz ozmi-koʼpmi jiddiy shikastlangan boʼlsa, oʼzingizni yaxshi his qilayotgan boʼlsangiz ham, albatta, shifokorga murojaat qiling.

  • 1 Mart, 14:38
  • Batafsil
not found

Dementsiya zamonaviy odamlarning kasalligi boʼlib chiqdi

Qadimgi Yunoniston va Rim aholisi Altsgeymer kasalligidan zamonaviy odamlar kabi tez-tez azob chekishmagan. Kaliforniyalik olimlar eramizdan avvalgi 8-asrdan eramizning 3-asrigacha boʼlgan tibbiyotga oid klassik asarlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Matnlarda keksa odamlarda kognitiv buzilishlar haqida "ajablanarli darajada kam" dalillar topilgan. Ilgari, qadimgi yunonlar va rimliklar keksalikka qadar yashamagan va shuning uchun yoshga bogʼliq kasalliklarga duch kelmagan deb ishonilgan. Biroq, zamonaviy tadqiqotchilar buni rad etishdi. Gretsiyada odamlar oʼrtacha 70 yosh va undan uzoqroq vaqt yashagan. Zamonaviy dunyoda xotira buzilishi qarishning umumiy hamroh kasalligiga aylangan. 85 yoshdan oshgan odamlarning uchdan bir qismi dementsiyadan aziyat chekmoqda. Dementsiya -bu bir qator kasalliklarning umumiy termini boʼlib, unda miya toʼqimalarining oʼlishi roʼy beradi. Kasallik miya toʼqimalarining bir-biriga uzviyligini taʼminlaydigan atsetilxolin moddasining yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunda bemorlarning 60 foizida Аltsgeymer kuzatiladi. Ammo Janubiy Kaliforniya universiteti jamoasi Gippokrat va uning izdoshlari yoki Aristotelning asarlarida yoshga bogʼliq xotira yoʼqolishi haqida hech qanday eslatma topmadilar. Miloddan avvalgi 4-3-asrlarga oid yunoncha matnlarda qarilik alomatlari sifatida karlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, koʼrish qobiliyatini yoʼqotish va ovqat hazm qilish kasalliklari keltirilgan - ammo kognitiv muammolar emas. Olimlar dementsiyaning hozirgi “epidemiyasi” zamonaviy hayot mahsulidir, deb taxmin qilishdi. Uning rivojlanish xavfi sanoat chiqindilari, notoʼgʼri ovqatlanish, hafo ifloslanishi va sivilizatsiyaning boshqa "foydalari" bilan ortadi. Tadqiqot mualliflari antik va zamonaviy davrlarda dementsiya tarixini kengroq oʼrganishga va kasallikni qachon keng tarqala boshlaganini aniqlashga chaqirdilar. Bu bizga atrof-muhitning kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga taʼsirini bilish imkonini beradi, deya xabar beradi Journal of Alzheimer's Disease.

  • 1 Mart, 11:40
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech