10:17 (18.08.2025)
49
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining anjumanlar zalida 2026-2030-yillarga moʻljallangan 5 yillik rivojlanish strategiyasi muhokama qilindi.
Strategiya moliya boʼyicha konsultant I.Razakov boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan boʼlib, unda kompaniyaning Oʻzbekiston farmatsevtika bozoridagi oʻrnini mustahkamlash, bozor ulushini oshirish, yillik savdo hajmini oshirish, ulgurji va chakana savdoni koʻpaytirish, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish, yangi dorixonalar ochish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalari, sunʼiy intellekt tizimini joriy etish orqali aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, kadrlar malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng, olingan takliflar asosida 5 yillik rivojlanish strategiyani yanada mukammalashtirishga kelishib olindi.