14:49 (13.12.2024)

583

“Abu pharm 1111” hamda “Samarkand pharm service” MCHJlarga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan “Abu pharm 1111” MCHJga tegishli dorixona hamda Samarqand shahrida joylashgan “Samarkand pharm service” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi. Bu haqda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan “Abu pharm 1111” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021-yil 23-oktyabrda berilgan 895-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “Abu pharm 1111” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Xuddi shuningdek, “Samarkand pharm service” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 30-dekabrda berilgan 056457-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Samarqand shahar iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “Samarkand pharm service” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech