11:50 (04.06.2024)
1092
Ba'zi dorilar teringizni quyosh nuriga nisbatan sezgirligini oshirishi mumkin. Ularni qabul qilayotganda quyosh tagida uzoq vaqt yurishdan qochish kerak, dedi onkolog Evgeniy Cheremushkin.
Dori-darmonlarning yoriqnomalarida har doim quyoshga nisbatan sezgirlikni oshirish yoki oshirmasligi ko'rsatiladi. Agarda dori quyosh tagida kuyish xavfini oshirsa unda zagar olish qat`iyan man etiladi. Bundan tashqari, agar sizda saraton o`smalari mavjud yoki oldin bo`lgan bo'lsa, quyoshda uzoq vaqt qolish taqiqlanadi.
Qanday dorilar quyoshga sezgirlikni oshiradi:
- diuretiklar (siydik haydovchi);
- retinoidlar (ular akne davolash uchun buyuriladi);
- statinlar (xolesterin miqdorini kamaytiradigan dorilar);
- antidepressantlar va neyroleptiklar.
Shu bilan birga, sog'lom odamlar, xususan, oq teriga ega bo'lganlar, quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanishlari kerak. Issiqlikning eng yuqori cho'qqisida esa soyada qolish yaxshiroqdir.