16:42 (27.06.2024)

585

Аktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Bugun "DORI-DARMON” aktsiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashining 2024 yil 3- iyundagi qaroriga asosan Kompaniya aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilish kun tartibida:

1.Sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2."DORI-DARMON" АK Kuzatuv kengashining 2023 yil yakunlari boʼyicha hisobotini tinglash.
3."DORI-DARMON" АK boshqaruvining 2023 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4."DORI-DARMON" АK faoliyatining 2023 yil yakunlari boʼyicha mustaqil auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash toʼgʼrisida.
5."DORI-DARMON" АK korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini koʼrib chiqish.
6."DORI-DARMON" АK tomonidan 2023 yilda olingan sof foydani taqsimlash.
7."DORI-DARMON" АK ning 2024 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash.
8."DORI-DARMON" АKda 2024 yil moliyaviy xoʼjalik faoliyatini audit tekshiruvidan oʼtkazish uchun auditorlik tashkilotining xizmatiga toʼlanadigan eng koʼp haq miqdorini belgilash.
9."DORI-DARMON" АK Boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʼgʼrisida.
10."DORI-DARMON" АK Boshqaruvi tomonidan kundalik xoʼjalik faoliyati jarayonida aktsiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʼilishigacha boʼlgan davrda ilovaga muvofiq, mustaqil ravishda affillangan shaxslar bilan bitimni (bitimlarni) tuzishni maʼqullash.
11."DORI-DARMON" АKda korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etish majburiyatini qabul qilish toʼgʼrisida.
12."DORI-DARMON" АK Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash toʼgʼrisida.
13."DORI-DARMON" АK “Boshqaruv va ijroiya organi aʼzolariga haq toʼlash tartibi”ni va “Ijroiya organi toʼgʼrisida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash toʼgʼrisida.
14."DORI-DARMON" АKning tashkiliy tuzilmasiga oʼzgartirish kiritish va uni yangi tahrirda tasdiqlash masalalari koʼrib chiqildi.

Аktsiyadorlar kun tartibidagi masalalarga yashirin ovoz berishdi, natijalar ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech