11:42 (11.06.2025)
143
Kolorado universiteti olimlari uy sharoitida bachadon bo‘yni saratoni diagnostikasini o‘tkazish imkonini beruvchi Teal Wand nomli qurilmani ishlab chiqdi.
2025-yil may oyida FDA ma’qullagan tizim professional tibbiy muolajalar bilan solishtirishtirganda 96% gacha aniqlikni ta’minlaydi.
Nufuzli JAMA jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yangi usul ko‘pchilik ayollar uchun qulay va maqbuldir. Tadqiqotda 600 nafar bemor ishtirok etdi va ularning 86 foizi ushbu qurilma tufayli tez-tez tekshiruvdan o‘tishga tayyorligini bildirdi. Respondentlarning 90% dan ortig‘i ginekolog tomonidan an’anaviy tekshiruvdan ko‘ra uyda test o‘tkazish ancha qulay ekanligini aytdi.
Tadqiqotchilar bachadon bo‘yni saratoniga erta tashxis qo‘yish kasallikning deyarli 100% oldini olishini ta’kidladi. Yangi texnologiya qo‘rquv, moliyaviy qiyinchiliklar yoki vaqt yetishmasligi tufayli tekshiruvchi ortga surish muammosini hal qilishga yordam beradi.
Kech tashxis qo‘yish muammosi ayniqsa dolzarb - kasallikning taxminan 50% holatlari so‘nggi besh yil ichida skrining tekshiruvidan o‘tmagan ayollarda aniqlanadi. Yangi test erta tashxisni va ushbu muammoni hal qilish uchun mo‘ljallangan.
Yangi testning klinik sinovlari 16 ta tibbiyot muassasalarida o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, ishlab chiqilgan usul 96% hollarda saratondan oldingi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Bu esa kasallikni eng erta - davolash mumkin bo‘lgan bosqichlarda aniqlash imkoniyatini ham ko‘rsatdi.
Ushbu ixtironi joriy etish kasallikni aniqlashni sezilarli darajada oshirishi va buning natijasida saratonning ushbu turidan o‘limni kamaytirishi mumkin.