15:00 (05.02.2025)
62
Eron Islom Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy janoblari “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joiz, Eron farmatsevtika sanoati mintaqada jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Xususan, mamlakatda import dori vositalarining 97 foizi mahalliylashtirilgan boʻlib, murakkab va yangi turdagi original dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar hukumat darajasida qoʻllab-quvvatlanadi.
Uchrashuvda Elchi janoblari Eron farmatsevtika kompaniyalari talab yuqori boʻlgan dori vositalarini hamyonbop narxlarda yetkazib berish, zamonaviy kadrlar tayyorlashda koʻmaklashish va qoʻshma ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Oʻz navbatida, kompaniyaning Boshqaruv raisi Mirzanozim Mirzabekovich “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining faoliyati, iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar aloqalarni mustahkamlash hamda kompaniya vakillarining Eron boʻylab tashrifini tashkil etish masalasini koʻrib chiqishga kelishib oldilar.