08:51 (21.01.2025)
129
Qandsiz diabetni ikki asosiy turga ajratish mumkin – markaziy va nefrogen. Ko‘pincha kasallik rivojlanishi organizmda suyuqlikni ushlab turishga javob beradigan vazopressin gormonini ishlab chiqarishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shu bois, haddan ortiq darajada, ya’ni qandli diabetga chalingan bemorlarga nisbatan ko‘p — bir kunda 5-15 litrgacha peshob ajralib chiqishi, kuchli chanqoqlik hissi bu xastalikning asosiy alomatlaridan hisoblanadi.
Me’da osti bezidagi patalogiyalar, gormonal o‘zgarishlar, ayrim dori vositalarining nojo‘ya ta’siri, o‘smalar, irsiy moyillik ham qandsiz diabetga chalinish sabablaridan bo‘lishi mumkin.
Qandli diabetni davolash jarayoni muntazam ravishda insulin preparatini qabul qilish va parhez tutishni nazarda tutadi. Qandsiz diabetda esa, eng avvalo, uni keltirib chiqargan asosiy kasallik o‘chog‘i bartaraf etilib, keyin qo‘shimcha vazopressin saqlovchi gormonal o‘rin bosuvchi terapiya va boshqa muolajalar bajariladi.
Aytish joizki, kasallikni davolashda birinchi navbatda shifokorga murojaat qilib, tegishli tekshiruvlardan o‘tish zarur. Natijalarga qarab xastalik bosqichi aniqlanadi va zarur muolaja hamda dorilar tayinlanadi.