08:44 (02.05.2024)

1247

Antibiotiklar yoʼtalni yengillashtirmaydi

Ular toʼgʼri tayinlangan va infektsiya bakterial boʼlsa ham.

Yoʼtal - antibiotiklarni buyurishning umumiy sababi, ayniqsa nafas yoʼllarida infektsiyaning bakterial ekanligi aniq boʼlsa. Ammo, Jorjtaun universiteti tibbiyot fakulteti olimlari tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot shuni koʼrsatadiki, antibiotiklar yoʼtalning davomiyligiga taʼsir qilmasligi mumkin.

Yoʼtalni keltirib chiqaradigan nafas yoʼllarining infektsiyalari oxir-oqibat juda xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin - har holda, barcha yoʼtallarning 3-5 foizi pnevmoniyaga olib keladi, deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Den Merenshteyn.

“Hamma ham shifokorga birinchi bor tashrif buyurganida rentgenogrammaga kirish imkoniga ega emas va bu shifokorga bakterial infektsiyaning boshqa tahlillarsiz doimiy yoʼtal tufayli antibiotiklarni buyurishiga olib kelishi mumkin,- tushuntiradi Merenshteyn. -Afsuski, bu bemorlarga antibiotiklar, birinchidan, albatta buyuriladi, ikkinchidan, yoʼtal sindromiga taʼsir qiladi degan umidni keltirib chiqaradi."

Antibiotiklar yoʼtalga qarshi qanday taʼsir qilishini bilish uchun, tadqiqotchilar pastki nafas yoʼllarining infektsiyalari boʼlgan odamlarni antibiotiklardan foydalanishini kuzatdilar. 29% odamlar shifokorga tashrif buyurganlaridan keyin antibiotik terapiyasini boshladilar, ammo dorilar yoʼtalga taʼsir qilmadi - akntibiotik retseptini olmaganlarga nisbatan. Ikkala guruhdagi odamlar ham antibiotikni qabul qilgan yoki olmaganligidan qatʼi nazar, infektsiyani yengish uchun bir xil vaqtni olishdi - oʼrtacha 17 kun.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, antibiotiklarni haddan tashqari qabul qilish xavfli bakteriyalarning dorilarga chidamli boʼlish xavfini oshiradi.

“Biz bilamizki, yoʼtal ambulatoriya yordamiga murojaat qilishning eng keng tarqalgan kasallik sababi boʼlib, har yili yoʼtal bilan taxminan 3 million ambulatoriyaga va 4 milliondan ortiq odam tez yordam boʼlimiga tashrif buyuradi,- deydi Merenshteyn- Ogʼir yoʼtal belgilari va ularni qanday qilib toʼgʼri davolash kerakligi, klinik tahlillar orqali qoʼshimcha oʼrganishni talab qiladi."

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech