15:45 (27.11.2023)

1163

Antistrumin ishi boʻyicha 3 kishi qamoqqa olindi

Shu yilning sentyabr oyida Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani va SSV vaziri "Antistrumin" yod preparati bolalarga yuqori dozada berilganini tan olganini hamda masʼul xodimlar qonun oldida javob berishni boshlaganligini qayd etgani haqida xabar bergan edik.

Oliy sud matbuot xizmati rahbarining Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, 2023-yil 7-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudining ajrimi bilan quyidagilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan:

➖ Yo.X.Toʻraqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari F.H.;

➖ ushbu markaz laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim, Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalar bosh endokrinologi N.A.;

➖ 16-noyabr kuni Sogʻliqni saqlash vazirligi dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi H.Gʻ.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech