11:53 (07.02.2025)

1044

Argentina AQSHga ergashib JSSTdan chiqishini e’lon qildi

Argentina mamlakat prezidenti Xaver Miley buyrug‘i bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarkibidan chiqish jarayonini boshlab yubordi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Manuel Ador rasmiy brifingda ma’lum qildi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari tashqi ishlar vaziri Xerardo Verteynuga mamlakatning JSST a’zoligini tugatish jarayonini boshlash bo‘yicha topshiriq bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarorga asosan COVID-19 pandemiyasi davrida keskinlashgan sanitariya-epidemiologiya siyosatiga yondashuvlardagi tub qarama-qarshiliklar asos bo‘lgan.

Prezident matbuot kotibi Manuel Ador pandemiya davomida JSST tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar va ilgari tashkilotga prezident bo‘lgan Alberto Fernandes tomonidan qabul qilingan qarorlar “Argentina uchun insoniyat tarixidagi eng uzoq muddatli karantin”ga olib kelganini va mamlakatni “muayyan davlatlarning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishiga” sababchi bo‘lganini ta’kidlagan. Xabarda, shuningdek, JSSTning epidemiya davridagi “chegarasiz karantinlari”ning ilmiy dalillarsiz amalga oshirilgani qayd etilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSSTdan chiqish Argentina sog‘liqni saqlash tizimining sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Prezident vakili JSSTdan chiqishdan tashqari Argentina Parij kelishuvidan ham chiqishni ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech