08:51 (31.01.2024)

3809

Bolalarga qanday ogʼriq qoldiruvchi dorilar berish mumkin?

Bolalarda tana toʼliq shakllanmagani uchun ham turli kasalliklarga chalinib turadi. Bola kasal boʼlganda albatta shifokorni chaqirish yoni poliklinikaga olib chiqish kerak. Shifokor kelguniga qadar bolaning ahvolini qandaydir tarzda yengillashtirish lozim boʼlganda ogʼriq qoldiruvchi vositalar yordam beradi. Ammo ularning hammasi ham bolalar uchun mos kelavermaydi.

Paratsetamol va ibuprofen- bolalar uchun mos keladigan, teng darajada xavfsiz va samarali ogʼriq qoldiruvchi vositalardir. Biroq, toʼgʼri doza uchun har doim ishlab chiqaruvchining koʼrsatmalariga amal qilish kerak. Agar ishonchingiz komil boʼlmasa, maslahat uchun farmatsevt, shifokor yoki hamshiradan maslahat olishingiz mumkin.

Yodingizda boʼlsin, kasallik paytida ogʼriq qoldiruvchi vositalar har doim ham kerak emas. Koʼpgina ogʼriqlar oʼz-oʼzidan oʼtib ketadi va bu bolani kelajakda kuchli va bardoshli boʼlishga urgatadi.

Bolalar uchun paratsetamol

Ogʼriqni yoʼqotish va isitmani (yuqori isitma) tushirish uchun paratsetamolni 2 oylikdan boshlab bolalarga berish mumkin. Farzandingizga toʼgʼri miqdorni berganingizga ishonch hosil qiling. Dozani oshirib yuborish xavfli. Paratsetamol sotib olayotganda farmatsevt bilan maslahatlashing va yorliqni diqqat bilan oʼqing.

Bolalar uchun Ibuprofen

3 oylik va undan katta, vazni 5 kg dan ortiq boʼlgan bolalarda ogʼriqni yoʼqotish va isitmani pasaytirish uchun Ibuprofen berilishi mumkin. Yoʼriqnomadan farzandingizning yosh guruhiga qanday doza buyurilganligini albatta tekshiring. Agar naslda astma boʼlsa yoki davolovchi shifokordan tavsiyalar boʼlmasa, ibuprofen bermaslik kerak.

Aspirinni ishlatmang

Аgar shifokoringiz tomonidan maxsus koʼrsatma boʼlmasa, hech qachon qachon 16 yoshgacha boʼlgan bolalarga aspirin bermang. Buning sababi, atsetilsalitsil kislotasini oʼz ichiga olgan dori-darmonlarni qabul qilish natijasida bolalarda kam uchraydigan, ammo hayot uchun xavfli kasallik - ReYa sindromi rivojlanishi mumkin.

Farzandingizga paratsetamol yoki ibuprofen bering

Chaqaloqlar va yosh bolalarga suyuq paratsetamol yoki ibuprofen berish mumkin. Kattaroq bolalar paratsetamol yoki ibuprofen tabletkalarini koʼp miqdorda suv bilan yutib yuborishlari mumkin.
Suvda eriydigan paratsetamol kapsulalariga ham ruxsat beriladi. Ibuprofenni suvda eriydigan kukuni faqat 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etiladi.

Bilish muhim!

- Farzandingizga kuniga necha marta va qancha ogʼriq qoldiruvchi dori berishingiz mumkinligini bilib oling.
- Farzandingizga uning yoshi va vazni uchun belgilangan dozani toʼgʼri berganingizga ishonch hosil qilish uchun har doim yorliqdagi koʼrsatmalarga amal qiling.
- Hech qachon farzandingizga shifokor yoki farmatsevt tavsiya qilganidan ortiq dozada va tez-tez dori bermang.
- Barcha dori- darmonlarni bolalar qoʼli yetmaydigan joyda saqlashni unutmang.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech