12:00 (14.08.2025)

98

Dori vositalari sifati nazoratdan oʻtkazildi

Рақобат қўмитаси томонидан истеъмолчиларга республикамиз дорихоналарида taqdim etilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati amaldagi talablarga qanchalik muvofiqligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Mazkur oʻrganishlarda 64 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilinib, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga sinovdan oʻtkazish uchun taqdim etildi.

Vakolatli organ xulosasiga koʻra,

- 50 foizida aylanma yoʻllar bilan kirib kelgan, yaʼni amaldagi talablarga nomuvofiq dori vositalari aniqlangan boʻlib, shundan:

- 19 ta (30 foizi) dori vositasi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi,

- 13 ta (20 foizi) dori vositasi Davlat reestriga roʻyxatga olinmaganligi aniqlangan.

Davlat reestriga roʻyxatdan oʻtmagan dori vositalari savdosi aniqlandi:

Xususan, Polshada ishlab chiqarilgan “Biseptol 480” seriya raqami-80523 11.2025-dori vositasi Davlat reestrida roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa-da, Qashqadaryo viloyatida “Aziya Universal Biznes” MCHJ tomonidan sotilgani maʼlum boʻldi.

Shuningdek, “PLUS – OMAD FARM” MCHJga tegishli dorixonada Hindistonda ishlab chiqarilgan “Festal N” tabletkasi va boshqa roʻyxatga olinmagan dori vositalari quyidagi dorixonalarda noqonuniy ravishda sotilgan:

Jizzax viloyatida – “AKROMFARM” MCHJ

Namangan viloyatida– “OYDIN MEGA FARM” MCHJ

Navoiy viloyatida– “XUJAI-JAXON GRAND”, “SAIDAKMAL PHARM” MCHJ

Toshkent shahri – «LABZAK LIDER PHARM”, “NISHAN PHARM BUSINESS”, “SRI – PHARM” MCHJ

Xorazm viloyatida– “URGANCH AZIZBEK SHIFO”, “DON BIOPHARM” MCHJ

Sertifikatsiz dori vositalari savdosi qayd etildi:

Qashqadaryo, Namangan, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridagi qator dorixonalarda tibbiy mahsulotlar belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati olmasdan savdoga chiqarilgani aniqlandi.

Jumladan:

Qashqadaryo viloyatida— “ZAYTUN FAIR TRADE”, “PLUS – OMAD FARM” MCHJ

Namangan viloyatida— “PULS BIO PHARM” MCHJ

Navoiy viloyatida— “SAIDAKMAL PHARM” MCHJ

Toshkent shahri — “City Pharm” MCHJ (Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi 2-uy manzilidagisi) “LABZAK LIDER PHARM”, “NISHAN PHARM BUSINESS”, “SRI – PHARM” MCHJ

Yuqoridagi barcha holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar, belgilangan tartibda dorixonalar kesimida chora koʻrish va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini dorixonalardan yigʻishtirib olish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsiziligi markaziga yuborildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech