09:00 (08.05.2024)
1225
Kassa cheklari uchun ishlatiladigan termal qogʼoz Bisfenol A (BPA) kimyoviy moddasini oʼz ichiga oladi.
Shuningdek Bisfenol A nafaqat kassa cheklari uchun moʼljallangan qogʼozda, balki faks qogʼozlarida, kompakt disklarda, shuningdek, plastik idishlar, plastik oʼyinchoqlar va qutilarda ham mavjud. Biroq, Bisfenol A ni oʼz ichiga olgan barcha narsalar qizdirilganda juda xavfli boʼladi.
Misol uchun, kassa qogʼoz chekining qaerida qora chiziqlar, harflar, raqamlar boʼlishi kerak boʼlsa, oʼsha joylarda joylashgan nuqtalar qizdiriladi va ular paydo boʼladi. Kassa cheklari uchun moʼljallangan termal qogʼoz qizdirilganda zararli modda ajralib chiqadi. Ushbu toksinning 1 mkg teriga kirib borishi uchun chekni qoʼlingizda besh soniya ushlab turish kifoya. Kassirlar qogʼoz cheklarning zararini kamaytirish uchun qoʼlqop kiyishlari kerak.
Nima uchun Bisfenol A xavfli?
- Bisfenol A birinchi navbatda reproduktiv tizimga taʼsir qiladi: bolalar erta balogʼatga yetish muammolarini keltirib chiqaradi;
- Kattalarda bu modda reproduktiv funktsiyaning buzilishiga, qarishni tezlashishiga olib keladi;
- Bisfenol A homilador ayolning homilasida Daun sindromi rivojlanish xavfini oshiradi, tugʼilmagan bolaning miyasiga salbiy taʼsir qilib rivojlanishning kechikishi va hatto autizmga olib keladi;
- Bundan tashqari, mazkur modda DNK tuzilishidagi oʼzgarishlarga taʼsir qiladi va mutatsiyalarning irsiyat yoʼli bilan oʼtishiga yordam beradi;
- Kattalarda Bisfenol A saraton kasalliklarining rivojlanishiga hissa qoʼshadi, shuningdek, semirish, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va jigar muammolariga olib keladi;
- Bisfenol A qalqonsimon bezning funktsiyalariga keskin salbiy taʼsir koʼrsatadi.
Qogʼoz chek qoʼlda ushlab turilganda BPA teriga tushadi va teriga soʼrilishi mumkin yoki u yuvilmagan qoʼllar bilan oziq ovqat mahsulotlariga ishlov berilganda shu orqali tanaga kirishi mumkin. Bundan tashqari, cheklardagi zararli moddalar kontsentratsiyasi plastik idishlardagiga qaraganda yuz baravar yuqori.
Bisfenol A ni oʼz ichiga olgan chekning zararli taʼsirini qanday kamaytirish mumkin?
Kassa cheki ushlagandan keyin qoʼlni yaxshilab yuvish orqali xavfni kamaytirish mumkin. Va kassa cheklarini yigʼishga odatlanmaslik kerak.