12:46 (27.05.2024)
4339
Bu savolga Sanepidqo`mita mutaxassislari javob berishdi.
Qizamiq ham, suvchechak ham – havo-tomchi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Har ikkala holatda ham tanada toshma toshadi va harorat ko’tariladi. Ularni teridagi toshmalar xarakteriga ko’ra farqlash mumkin.
Qizamiqqa teridan ko’tarilib turgan, qizil dog’lar bilan o’ralgan shishlar xos. Toshmalar bosqichma-bosqich paydo bo’ladi: avvaliga yuzda va bo’yinda, so’ngra – ko’krak qafasda, qo’l va oyoqlarda.
Suvchechakda esa atrofi qizargan, ichida suyuqligi bor shishlar paydo bo’ladi, vaqt o’tishi bilan ular yaraga aylanadi va usti qotadi. Ko’rinib turgan shilliq qavatlarga (og’iz bo’shlig’iga) toshmalar toshishi xos.
Qizamiq, ayniqsa, 5 yoshdan kichik bolalarda nihoyatda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng jiddiy asoratlarga ko’rlik, entsefalit, og’ir diareya va unga bog’liq ravishda degidratatsiya, otit va pnevmoniyaga sabab bo’lish mumkin. Butun dunyoda qizamiq bolalar o’limining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi.
Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytiga kiring.