12:52 (11.06.2024)

1066

Sarimsoq qondagi qand miqdorini samarali ravishda kamaytiradi

Xitoyning Janubi-Sharqiy universiteti olimlari sarimsoq qondagi glyukoza va xolesterin miqdorini samarali ravishda normallashtirishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar oʼsimlik mahsulotlari va ziravorlarning inson kardiometabolik salomatligiga taʼsiri (meta-tahlil) mavzusida ilgari chop etilgan 29 ta ilmiy ish natijalarini tahlil qilgandan soʼng shunday xulosaga keldi. Tadqiqotda turli mamlakatlardan jami 1 567 kishi ishtirok etdi. Koʼngillilarning yoshi 18 yoshdan 80 yoshgacha boʼlgan.

Taʼkidlanishicha, tajribalarda sogʼlom odamlar ham, ikkinchi turdagi diabet, koronar arteriya kasalligi, alkogolsiz yogʼli jigar kasalligi, yurak xuruji, semirish, gipertoniya va polikistik tuxumdon sindromi boʼlgan bemorlar ham ishtirok etgan. Tadqiqotlarda sarimsoq xom va kukun shaklida, shuningdek, eski ekstraktlar va ovqatga qoʼshimcha shaklida isteʼmol qilingan.

Meta-tahlil shuni koʼrsatdiki, sarimsoqni har tomonlama isteʼmol qilish ijobiy taʼsir koʼrsatdi va qondagi shakar va xolesterin miqdorining pasayishiga yordam berdi. Olimlar sarimsoqning foydali xususiyatlari uning organizmdagi allitsin deb ataladigan organik birikmaning sintezini tezlashtirish qobiliyatiga bogʼliq deb taxmin qildi. Аllitsin qon aylanishini normallashtiradi, mikroblarga qarshi taʼsirga ega va jigarda triglitseridlar (yogʼlar) hosil boʼlishining oldini oladi, deb xabar beradi gazeta.ru.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech