11:47 (20.03.2024)
981
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʼsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʼgʼrisida»gi PF-101-son Farmonining 9-ilovasi bilan tasdiqlangan qoʼshimcha chora-tadbirlar rejasining 24-bandini ikkinchi xatboshida davlat boshqaruvi organlari xodimlarining: davlat boshqaruvi, korporativ boshqaruv va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha malaka oshirishini tashkil etish belgilangan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 aprelda «Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-108-son qarorida zamonaviy iqtisodiy bilimlar boʼyicha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillari, hokim oʼrinbosarlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi hamda tizimdagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan xaridlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi bir guruh xodimlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabida ”Davlat xaridlari” kursida bilim va malakasini oshirdi. Kurs yakunida test imtihonlari asosida olingan bilimlar sinovdan oʼtkazildi va sertifikatlar topshirildi.