08:55 (05.02.2025)
74
2025-yil 31-yanvar kuni «Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yo‘lga qo‘yadi.
Qarorga ko‘ra, rasmiy veb-sayt Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiriladi yoki ularning faoliyati to‘xtatiladi.