11:40 (27.05.2025)
189
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqqa ochiq va shaffof, xolis, tezkor yetkazishda matbuot kotiblari yetakchi rol o‘ynaydi.
Malaka oshirish o‘quv kurslari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamkorligida, yuqori tajribaga ega ma’ruzachilar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
"Dori-Darmon" AK matbuot kotibi K. Pardayeva ham mazkur o‘quv kursida malaka oshirmoqda.
O‘quv dasturlarida axborot xizmatlari rahbarlarining uch yo‘nalishda malaka va bilimlarini takomillashtirish nazarda tutilgan:
♦ Siyosat-iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, integratsiya jarayonlari;
♦ Axborot bilan ishlash;
♦ Boshqaruv, shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish.
Suhbat va trening shaklida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda tinglovchi-matbuot kotiblari mahalliy va global miqyosdagi amaliy misollar asosida muhim mavzu va yo‘nalishlarda ta’lim olishadi.
O‘quvlar joriy yilning 6-iyuniga qadar davom etadi.