11:54 (06.06.2024)

779

Davlat xizmatchilari nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirishdi

Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʼqitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi tashkil etilgan edi.

Unda tuman, shahar hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchilari hamda turli tashkilot xodimlari oʼqitildi. Xususan, "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchi D.Solieva ham ishtirok etdi.

Ushbu kursda respublikaning taniqli notiqlari, jurnalistlari, psixologlari tinglovchilarga nutq madaniyatidan dars berdilar.

Davlat fuqarolik xizmati xodimlari, umuman har bir insonga chiroyli nutq koʼrk bagʼishlaydi. Fikrni aniq va chiroyli yetkazib bera olish qobiliyati barcha uchun zarur. Kurs davomida ishtirokchilar oʼzlarida ana shu mahoratni oshirdi.

Kursni bitirgan tinglovchilarga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech