17:37 (11.03.2025)
117
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida faoliyat yurituvchi “E.O.” MCHJga rahbari Sh.A. MCHJ dorixonasida turli nomdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 575,4 mln so‘mlik jami 198,2 ming dona, shundan 1 396 dona psixotrop, 900 dona kuchli ta’sir qiluvchi hamda 3 146 dona yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.