12:31 (27.02.2026)

62

​​DMED — shaffof retsept, ishonchli nazorat

DMED — bu O‘zbekistonning davlat raqamli tibbiyot tizimi bo‘lib, tibbiy ma’lumotlarni elektron hisobga olish, shifokorga yozilish va dori-darmonlarni tayinlash uchun mo‘ljallangan. Platforma bemorlar, shifokorlar va dorixonalarni yagona raqamli muhitda birlashtiradi hamda qog‘oz tibbiy hujjatlarni bosqichma-bosqich o‘rnini bosmoqda.

Tizim davlat tibbiyot muassasalarida qo‘llaniladi va butun mamlakat bo‘ylab navbatma-navbat joriy etilmoqda.

DMED (Digital Medicine)— bu sog‘liqni saqlashning yagona ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unda:
???? bemorning elektron tibbiy kartasi saqlanadi;
???? shifokorga tashriflar va tahlil natijalari qayd etiladi;
???? lektron retseptlar rasmiylashtiriladi;
???? dorixonalarda dori vositalarining berilishi nazorat qilinadi.

Bemor uchun DMED — bu shifokorga yozilish, tayinlovlarni ko‘rish va qog‘oz retseptsiz dori olish imkonini beruvchi ilovadir.

Tizimning asosiy funksiyalaridan biri — elektron retseptdir. Bu qanday ishlaydi:

1. Shifokor DMED tizimida dori vositasini xalqaro patentlanmagan nom (XPN) bo‘yicha belgilaydi.
2. Bemor ilovada QR-kodli elektron retseptni oladi.
3. Dorixonada QR-kod skaner qilinadi va dori bemorning JShShIRiga bog‘langan holda beriladi.
4. Zarurat bo‘lsa, retseptni chop etish mumkin.

Elektron retsept antibiotiklar, antibakterial va gormonal preparatlar, shuningdek tasdiqlangan ro‘yxatlarga kiritilgan boshqa dori vositalari uchun majburiy hisoblanadi.

Telefon bo‘lmasa, dori olish mumkinmi?

Ha. Agar bemor QR-kodni ko‘rsata olmasa (masalan, telefoni o‘chib qolgan bo‘lsa), farmatsevt shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali tizimdan tayinlovni tekshirishi mumkin.
Qog‘oz retseptlarga faqat favqulodda holatlarda yoki texnik nosozliklar vaqtida ruxsat etiladi.

DMED raqamli tizimi quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
▫️ tibbiyotni elektron formatga o‘tkazish;
▫️ poliklinikalardagi navbatlarni qisqartirish;
▫️ dori vositalarini tayinlash va muomalasini nazorat qilish;
▫️ xatolar va soxta retseptlar sonini kamaytirish;
▫️ bemorlarga o‘z tibbiy tarixiga qulay kirish imkonini yaratish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech