14:06 (27.01.2025)
1316
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida kompaniyaning Boshqaruv raisi lavozimiga Dustmuratov Mirzanozim Mirzabekovich saylandi.
Dustmuratov Mirzanozim Mirzabekovich 1956 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1979 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.
Ish faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopidiya ilmiy tadqiqot institutidan boshlagan.
M. Dustmuratov turli yillarda Toshkent temir yo‘llar kasalxonasi shifokori, bosh vrach o‘rinbosari, Protez-ortopediya reabilitatsiya markazi bosh vrachi,"Optomedik" MCHJ direktori, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisining birinchi o‘rinbosari, “Protezist” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi bosh direktori, “O‘zfarmsanoat” davlat- aksiyadorlik konserni Boshqaruv raisi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Dustmuratov Mirzanozim Mirzabekovich tayinlovga qadar "O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni "tugatish komissiyasi" raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.