15:19 (09.09.2024)

354

“Dori-Darmon - korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

“Dori-Darmon aksiyadorlik kompaniyasi ”Komplayens-nazorat xizmati tomonidan “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ xodimlari ishtirokida profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

”Komplayens-nazorat xizmati boshlig‘i J.Qayumov tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga o‘z vaqtida chek qo‘yish dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo har bir xodimda halollik immunitetini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

“Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJda xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarining ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan katta islohotlarga qaramay, ayrim nopok xodimlar tomonidan ta’magirlik, mansab vakolati doirasidan chetga chiqishlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani, bunday holatlar esa tizimning obro‘siga jiddiy putur yetkazishi qayd etildi.

Ma’lumot berilishicha, tizimdagi dorixonada ishlagan ayrim xodimlar tomonidan kamomad qilinishi natijasida zararlar yetkazilgan. Ushbu zararlar o‘rnatilgan tartibda undirib kelinmoqda. Yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisi va boshqa xodimlar o‘z fikrlarini bildirishdi.

“Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bu kabi holatlarni oldini olishda barcha xodimlar birdek ma’sul ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ direktori A.Tojiyev so‘zga chiqib, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi buyruqlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat hujjatlarni ish faoliyatida qo‘llash, savdo aylanmasini oshirish va jamiyatning daromadini oshirish choralarini ko‘rish haqida to‘xtalib o‘tildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech