11:57 (18.04.2025)
196
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmatsevtika institutida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Institut bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning malakasidan to‘g‘ri foydalanish hamda farmatsevtika sohasidagi yetakchi ish beruvchilar bilan bevosita tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda "Dori-Darmon" AK kadrlar bo‘limi kompaniyadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Kompaniyamiz vakillari mavjud bo‘sh o‘rinlariga qiziqqan talabalarga kompaniyaning faoliyat yo‘nalishi, yosh mutaxassislar uchun taklif etilayotgan karera imkoniyatlari, sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.
Bunday tadbirlar yetakchi farmatsevtika kompaniya va tashkilotlari bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga yosh mutaxassislarga imkoniyat eshigini ochib beradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.