11:51 (20.01.2025)

201

“Dori-Darmon” va “Farmasintez” kompaniylari hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazdi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tijorat direktori Ramil Abdulov "Farmasintez" kompaniyasining eksport bo‘limi boshlig‘i Voskoboy Eduard bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shuningdek, Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zafar Umarov, “O‘zbekiston Dori ta’minoti” MCHJ direktori Alisher Tashov, “Farmasintez” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Erkin Xodjaniyozov ishtirok etishdi.

Uchrashuvda “Dori-Darmon” va Rossiyaning “Farmasintez” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “Farmasintez” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalarini yetkazib berish sohasida munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

“Dori-Darmon” AK O‘zbekiston aholisiga ijtimoiy ahamiyatga dori vositalarini yetkazib beruvchi asosiy yirik kompaniyalardan hisoblanadi. “Farmasintez” kompaniyalar guruhi esa Rossiyadagi eng yirik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniyaning dori vositalari sil, OIV, onkologiya, diabet va gepatit kabi asosiy terapevtik sohalarda qo‘llaniladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarining 80% dan ortig‘i hayotiy va zaruriy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Kompaniyaning barcha ishlab chiqarish maydonchalari ishlab chiqarishni tashkil etish va GMP sifatini nazorat qilishning eng yuqori talablariga javob beradi. Bu ishlab chiqarilgan dori vositalarining doimiy yuqori sifati va samaradorligini kafolatlaydi.

“Dori-Darmon” va “Farmasintez” kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik aholini zarur ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech