11:43 (12.05.2025)

70

Dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi belgilandi

Sog‘liqni saqlash vazirining “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 3-son buyrug‘i Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami, 2342-1-son, 12.05.2025)

Unga muvofiq:

♦ Cheklangan narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mas’ul hisoblanadi.

♦ Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi doimiy tarzda Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xronologik tartibda qayd etilgan va qayta qayd etilgan cheklangan narxlar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi.

Ariza beruvchi (mahalliy dori vositalari uchun) axborot tizimi orqali ishchi organiga dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda retsept bilan beriladigan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan cheklangan narxlarni (QQSni qo‘shmagan holda) axborot tizimiga kiritadi.

Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining referent narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qat’i nazar qayd etiladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi cheklangan narxlar reyestrida ko‘rsatilgan retsept bilan beriladigan import dori vositalarining cheklangan narxlarini har yili 1-yanvar va 1-iyul sanalarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasiga avtomatik tarzda indeksatsiya qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech