11:58 (07.05.2025)
88
Dorixonalardan dori vositalarini imtiyozli ajratish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan blankalarda davolovchi vrachlar tomonidan yozilgan retseptlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Retseptni olish uchun bemorlar (ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlar) ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatni ko‘rsatgan holda bemorlar hisobda turadigan joydagi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan joydagi ambulatoriya-poliklinika muassasasiga murojaat qiladi.
Retseptda dori vositalari davolashning bir kursidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoziladi. Retsept berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Dorixonalardan beriladigan dori vositalarining miqdori va dozasi retseptda ko‘rsatilgan miqdor va dozaga muvofiq bo‘lishi kerak.
Dori vositasini berishda retseptning yirtib olinadigan koreshoklariga berilgan dori vositasining nomi, miqdori, seriyali raqami, farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi, uning imzosi qo‘yiladi. Dorixonaning shtampi bosiladi. Bemor orqa tomondagi birinchi yirtib olinadigan koreshokka imzo chekadi, u keyinchalik uni haq to‘lash uchun ambulatoriya-poliklinika muassasasiga taqdim etish uchun dorixonada saqlanadi. Ikkinchi koreshok bemorga beriladi.