15:00 (25.06.2026)
83
Raqobat qo‘mitasi reklamalarda "noyob", "eng samarali", "eng xavfsiz", "kafolatlangan natija", "eng ishonchli vosita", “tez davolaydi”, “nojo‘ya taʼsirlari mavjud emas”, “samarasi isbotlangan” kabi iboralar qo‘llanilayotganligidan xavotir bildirdi.
Zero bu iboralar isteʼmolchilarni chalg‘itishi, dori samarasi xususida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi, shifokor maslahatisiz, o‘zboshimchalik bilan davolanishga undashi bilan xavf tug‘dirishi mumkin.
Zotan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasiga ko‘ra, dori vositalari reklamasida:
Qolaversa, retseptsiz beriladigan dori vositalari reklamasi qo‘llash bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi hamda mutaxassis maslahatini olish zarurligi haqidagi ogohlantirish bilan birga berilishi shart.
Shu maʼnoda Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchilar va reklama tarqatuvchilarni qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishga, fuqarolarni esa dori vositalarini tanlash va qabul qilishda shifokor tavsiyasiga tayanishga chaqirgan.