14:59 (29.10.2024)
282
Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 6-sentyabrdagi 31-son buyrug‘i Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. (Ro‘yxat raqami 3563, 24.10.2024)
Mazkur hujjat bilan:
♦ Dori vositalari xorijiy ishlab chiqaruvchisining arizasini ko‘rib chiqish va guvohnoma berish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikat berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im;
♦ Tibbiy buyum va tibbiy texnikaning xorijiy ishlab chiqaruvchisining arizasini ko‘rib chiqish va guvohnoma berish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikat berish to‘grisidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdorlari tasdiqlandi.