15:00 (07.02.2025)

551

1 mlrd soʻmlik 160 dan ortiq turdagi sertifikatsiz dori vositalari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX, IIB va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.B.ning Yakkasaroy tumani, “To‘qimachi” MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda respublika hududiga aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatari bo‘lmagan 164 turdagi umumiy bahosi 1 mlrd so‘mlik jami 83 597 dona dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Yu.D.ning Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, “Guliston” MFY hududidagi xonadonidan 5 turdagi 876 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech