09:05 (31.01.2025)
545
"Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, dorixonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar narxi ko‘rsatilgan holda hamda dorixona javobgar shaxsining imzosi bilan sotuvga qo‘yiladi.
Dorixona sotuv zali peshtaxtalarida faqat vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni qo‘yishga ruxsat beriladi. Bunda peshtaxtaga ichish uchun mo‘ljallangan va tashqi qo‘llaniladigan dori vositalari alohida-alohida joylashtiriladi.
Dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizida dorivor o‘simliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari joylashtiriladi.
Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ular haqidagi ma’lumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar uchun ko‘rinadigan boshqa joylarga qo‘yish ta’qiqlanadi.