13:03 (19.05.2025)
406
2022-yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilmoqda. Tizim TIF TN 3003 va 3004 kodli preparatlarni qamrab oladi. Dorixonalar uchun bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar taqdim etildi:
1. "Asl belgisi" tizimida ro‘yxatdan o‘tish.
Dorixona "Asl belgisi" tizimida ro‘yxatdan o‘tadi va shartnoma tuzadi.
2. Xodimlarni o‘qitish.
Javobgar xodimlarni raqamli markirovka tizimi va qoidalari bilan ishlashga o‘rgatish kerak.
3. Uskunalarni o‘rnatish.
Dorixonada 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari yoki onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan boshqa maxsus qurilmalar o‘rnatilishi kerak. Ular markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va chekka ma’lumotlarni kiritishni ta’minlaydi.
4. Markirovkalangan mahsulotlarni qabul qilish.
Ulgurji sotuvchilardan markirovkalangan preparatlarni sotib olishda dorixona markirovka kodlari ko‘rsatilgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilishi kerak. Tovarlar dorixona balansida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun Asl belgisi ilovasi orqali olingan kodlarni qo‘shimcha ravishda skanerlashni maslahat beramiz.
5 Xaridorga sotish.
Sotuvdan oldin farmatsevt qadoqdagi markirovka kodini skanerlaydi va uni elektron fiskal chekka kiritadi. Bu kodni aylanmadan olib tashlash va kuzatish zanjirini yakunlash imkonini beradi. Quyidagilar qoidabuzarlik hisoblanadi:
- markirovkalanmagan preparatlarni sotib olish va sotish;
- kodlar bilan EHFsiz ishlash:;
- chekda kodlarni ko‘rsatmasdan sotish:;
- markirovkalanmagan mahsulotni saqlash va boshqa subyektlarga berish.
Markirovka qoidalariga rioya qiling - bu sifat, shaffoflik va iste’molchilar ishonchining kafolotidir.