12:00 (11.07.2024)

1052

Dorilarni tanlash: tarkibini, ishlab chiqaruvchisini va haqiqiyligini tekshirish kerak

Sifatsiz va qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlar bemorlarga zarar yetkazishi va moʻljallangan kasalliklarni davolamasligi mumkin. Masalan, bezgakka qarshi dorilarni qalbakilashtirish har yili qariyb 450 ming kishining oʻlimiga sabab boʻladi. JSST maʼlumotlariga koʻra, oʻrta va kam daromadli mamlakatlarda sifatsiz va soxta tibbiy mahsulotlarning umumiy ulushi taxminan 10,5% ni tashkil qiladi.

Sifatli dorilar  javob berishi kerak boʻlgan mezonlar:

  • Farmakopeya monografiyasi talablariga muvofiqligi - sifat standartlari koʻrsatilgan hujjat.
  • Xavfsizlik - dori zarar yetkazmasligi kerak.
  • Samaradorlik - kasallikni toʻxtatishga ijobiy taʼsiri
  • Preparatning tozaligi -begona qoʻshimchalar yoʻqligi.
  • Identifikatsiya - maqsadga muvofiqligi, seriya raqami, saqlash muddati tugamaganligi.

Sifatli dori-darmonlar  GMP standartiga va roʻyxatga olish xujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqariladi.

Baʼzida soxta dorilar juda yaxshi niqoblanadi va ularni yuqori sifatli dori-darmonlardan ajratish juda qiyin.

 Ammo baʼzi belgilarga koʻra, hali ham ajrata olish mumkin:

  • Koʻzni oladigan gʻayrioddiy shrift, imlo xatolari.
  • Seriya raqamlari, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchining birlamchi va ikkilamchi qadoqdagi manzili mos kelmasligi.
  • Ishlab chiqaruvchining aniq manzili emas- faqat mamlakat va shahar koʻrsatilishi.
  • Qadoqlash sifatsiz - shikastlanishlar, yirtilgan joylari bor, chiplar, matni yomon bosilgan.
  • Tabletkalar shikastlangan - ular parchalanadi, yoriqlar yoki dogʻlar koʻrinadi.
  • Qutining yoki idishning pastki qismida chang yoki tabletka boʻlaklari mavjud.
  • Tabletkalardagi naqshlar,yozuvlar har xil yoki tartibsiz koʻrinadi. Masalan, baʼzi bir satrlarda ular yaxshi koʻrinadi, boshqalarida - yomon.

Agar siz dori soxta ekanligiga shubha qilsangiz, yoʻriqnomada yoki paketda telefon raqami koʻrsatilgan farmatsevtika kompaniyasiga qoʻngʻiroq qiling. Vijdonli ishlab chiqaruvchilar har doim dori vositalarining haqiqiyligini seriyaning raqami bilan tasdiqlashga tayyor.

 Bugungi kunda Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, doridagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni olishingiz mumkin. Data Matrix kodlarini skanerlashda isteʼmolchi dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni oladi. Ilova Oʻzbekiston hududida rasmiy muomalada boʻlgan dori vositalarini oʻqiy oladi. Agar ilova kodni oʻqisa, bu dori vositasi qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yoki Oʻzbekiston hududiga olib kirilganligini bildiradi.

Agar oʻqimasa, unda sotib olishdan bosh tortgan maʼqul. Yaxshisi, qonunbuzarlik haqida xabar bering. Buni bevosita Asl Belgisi ilovasidan amalga oshirish mumkin. Maʼlumotlar tegishli organlarga yetkaziladi.

Agar siz dori xavfsizligiga ishonch hosil qilishni istasangiz albatta tarkibini tekshiring.

Siz uchta sababga koʻra tarkibini koʻrib chiqishingiz shart:

1.Uning tarkibida allergik moddalar yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun.

2.Bir xil faol moddalar boʻlgan dorilarni sotib olmaslik uchun. Tarkibida bir xil faol moddaga ega boʻlgan bir nechta dori-darmonlarni qabul qilish tanadagi ushbu moddaning koʻpayib ketishiga olib keladi.

3.Siz nima bilan davolanayotganingizni bilish uchun. Tanish boʻlmagan tarkibiy qismlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish kerak. Dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech