18:11 (06.12.2023)
1236
Vashington universiteti tadqiqotchilari stress va kasalliklarning yangi omilini aniqlashdi. Bu yoʼllardagi tirbandliklar bilan bogʼliq.
Haydovchi tirbandlikda qancha stressni boshdan kechirishini tushunish mumkin. Biroq, tirbandlikda qolgan yoʼlovchilarda ham qon bosimi sezilarli darajada oshishi xavfi borligi maʼlum boʼldi.
Olimlarning fikriga koʼra, qon bosimi oʼzgarishining asosiy omili atmosferada zararli moddalar kontsentratsiyasining oshishi hisoblanadi. Tirbandlikdagi odam zararli havodan nafas olishga majbur boʼladi. U 100 nanometrdan kichikroq oʼlchamdagi juda koʼp zarrachalarni oʼz ichiga oladi, ular odam salomatligiga zararli taʼsir koʼrsatadi.
Tadqiqotchilar tajriba oʼtkazishdi, unda 22 – 46 yoshdagi 16 kishi uch kun davomida Sietlning eng gavjum koʼchalari boʼylab harakatlanishdi. Ularning qon bosimi uch marta – safar oldidan, safar davomida va undan keyin oʼlchandi. Koʼz qorachigʼi ham tekshirildi. Dastlabki ikki kun davomida ular avtomobilni odatdagidek haydashdi, uchinchi kuni mashinada HEPA-filьtri oʼrnatildi va odamlarning sogʼligʼi koʼrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi, deb xabar beradi techcult.ru.