12:26 (07.04.2025)

417

Davolashning samaradorligi bevosita dori-darmonlarni qabul qilish qoidalariga rioya qilishga bog‘liq

Tabletkalar yoki kapsulalarni qabul qilish usuli, dozasi, dorilar orasidagi interval va boshqa omillar davolash jarayoniga bevosita ta’sir qiladi.

Qoidalarga rioya qilmaslik terapevtik samaradorlikning pasayishiga yoki yon ta’sirlarga olib keladi.

Dori-darmonlarni qabul qilishning asosiy qoidalari:

Gazlangan suv, qahva, choy va sut bilan ichmang. Gazlangan suv tarkibidagi kislotalar va shakar dorining so‘rilishini sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Kofein va taninlar temir moddasi hamda antibiotiklarning, sutdagi kalsiy esa faol moddalarning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu, ayniqsa, bakterial infeksiyalarni davolash uchun ishlatiladigan tetratsiklin guruhidagi antibiotiklar uchun juda xavfli.

Yetarlicha toza suv iching. Agar yo‘riqnomada boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, minimal hajm 100-150 ml ni tashkil qiladi. Suv dori vositalarining asosiy faol moddalariga ta’sir qilmaydi, tabletkalarni qizilo‘ngachda qolib ketish xavfini kamaytiradi va oshqozonga tezroq tushishiga yordam beradi.

• Zarurat bo‘lmasa, tabletkalarni chaynamang. Himoya qobig‘i faol moddaning asta-sekin chiqarilishiga yordam beradi. Chaynash bu jarayonni buzadi, oqibatda faol moddaning butun dozasi bir vaqtning o‘zida tanaga kiradi. Bu ortiqcha dozaga olib kelishi va oshqozonga zarar yetkazishi mumkin.

• Dozalar orasidagi intervallarga rioya qiling. Bu tanadagi faol moddaning barqaror konsentratsiyasini saqlashga yordam beradi.

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech
Close menu