17:04 (30.07.2025)

123

Mutaxassislar B vitaminlarining kutilmagan ta’sirini aniqladilar

Birgalikda B kompleksi deb ataladigan B guruhining sakkizta vitamini organizmda ko‘plab muhim jarayonlarda ishtirok etadi.

Tafts universiteti olimlari ushbu vitaminlar miya va yurak salomatligini saqlashga yordam berishini, ularning yetishmasligi esa demensiya va qon tomirlari bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligini aniqlashdi.

Ayniqsa, B12 va B9 (folat) vitaminlari muhim ahamiyatga ega. Ular yetishmasa, asab hujayralari shikastlanadi va tomirlar uchun zararli bo‘lgan hamda insult va demensiya xavfini oshiradigan gomotsistein moddasi darajasi ko‘tariladi. Muammo shundaki, oddiy qon tahlili doim ham B12 ning yashirin tanqisligini aniqlay olmaydi. Metilmalon kislotasi va gomotsistein testlari aniqroq hisoblanadi - ular vitamin yetishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlashga va davolashni boshlashga imkon beradi.

Olimlar ta’kidlashicha, B guruhi vitaminlari yetarli miqdorda qabul qilinganda xotira yomonlashuvini sekinlashtirishi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin ekan. Misol uchun, B2 vitamini (riboflavin) ayrim kishilarda qon bosimini pasaytirishga yordam bersa, B6 vitamini esa organizmdagi yallig‘lanishni kamaytirishi mumkin. Mutaxassislar shifokorlarni B guruhi vitaminlarining ahamiyatini inobatga olishga undamoqda, chunki ularning miqdorini normallashtirish orqali salomatlikni sezilarli darajada yaxshilash mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech