12:00 (04.09.2024)

426

Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan bir guruh Vatandoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan yurtimiz rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Ona-Vatanga sodiqlik ruxida tarbiyalashda sermahsul mehnat qilib kelayotgan bir qator vatandoshlarimizni mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi va so‘nggi yillari hurmatli Prezidentimizning rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asos mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan mukofotlangan Vatandoshlarimizga orden, medal va faxriy unvonlar topshirildi.

O‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prezidiumi qaroriga muvofiq, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning obod turmushini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanni sevish va mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar va ko‘krak nishonlari, Jo‘qorg‘i Kengesning Faxriy Yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Xususan, "Qoraqalpoq Dari-Darmak" MCHJ 2- maxsus bo‘limi provizor inspektori G.Xojamuratova «Ibratli hayal» (Ibratli ayol) ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech