15:03 (04.02.2025)

165

"Dori-Darmon"aksiyadorlik kompaniyasining yana 11 ta dorixonasi GPP sertifikatini oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-20-son Farmoniga binoan, 2026-yil 1-yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

“Dori-Darmon” AKning yana 11 ta dorixonasi GPP sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bular:

  1. Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 9-sonli shaxobcha;
  2. Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangihayot TTB binosidagi 9/1-sonli ijtimoiy dorixona;
  3. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 51-sonli oilaviy poliklinika binosidagi 36/1- sonli ijtimoiy dorixona;
  4. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yunusobod TTB binosidagi 36/3- sonli ijtimoiy dorixona;
  5. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 54-sonli oilaviy poliklinika binosidagi 36/4- sonli ijtimoiy dorixona;
  6. Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 29-sonli shoxobcha.
  7. Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 38-sonli shaxobcha;
  8. Toshkent shahar, Olmazor tumani, 14-sonli oilaviy poliklinika binosidagi M/8- sonli ijtimoiy dorixona;
  9. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Yashnobod TTB binosidagi 15/1-sonli ijtimoiy dorixona;
  10. Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi 4-sonli shoxobcha;
  11. Toshkent shahar, M.Ulugʻbek tumanidagi 36/6- sonli ijtimoiy dorixona.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech