14:53 (11.03.2025)
191
Aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash uchun ular xalqaro darajada e’tirof etilgan standartlar asosida ishlab chiqarilishi, saqlanishi, laboratoriya ekspertizasidan va klinik tekshiruvlardan o‘tishi kerak.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlarining ushbu talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida GxP konsepsiyasi joriy etilgan.
GxP o‘zi nima?
GxP – bu farmatsevtika sanoatining turli yo‘nalishlaridagi “zarur amaliyotlar”, shu jumladan Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP), Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP), Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP), Zarur klinika amaliyoti (GCP), Zarur farmnazorat amaliyoti (GVP), Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)ni o‘z ichiga olgan yaxlit standartlar tizimi.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar 2025-yil 1-yanvarga qadar hamda boshqa dorixonalar 2026-yil 1-yanvarga qadar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi bo‘lgilangan.
Mazkur talablardan kelib chiqqan holda "Andijon Dori-Darmon" da qarashli yana 13 ta dorixona GPP sertifikatini oldi:
1. Andijon viloyati, Asaka tumani, Ergashobod MFYda joylashgan 39-sonli ijtimoiy dorixona.
2. Andijon viloyati, Marhamat tumani, Barhayot MFYda joylashgan 128-sonli ijtimoiy dorixona.
3. Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Dehqonobod MFYda joylashgan 204-sonli ijtimoiy dorixona.
4. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Dehqonchilik MFYda joylashgan 55-sonli ijtimoiy dorixona.
5. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Tadbirkor MFYda joylashgan 238-sonli ijtimoiy dorixona.
6. Andijon viloyati, Navro‘zobod MFYda joylashgan 154-sonli ijtimoiy dorixona.
7. Andijon viloyati, Marhamat tumani, Rovvot MFYda joylashgan 256-sonli ijtimoiy dorixona.
8. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Yangi avlod MFYda joylashgan 157-sonli ijtimoiy dorixona.
9. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Guliston MFYda joylashgan 156-sonli ijtimoiy dorixona.
10. Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani, Terakzor MFYda joylashgan 61-sonli ijtimoiy dorixona.
11. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Tinchlik MFYda joylashgan 245-sonli ijtimoiy dorixona.
12. Andijon viloyati, Izboskan tumani, Yuqori Chuvoma MFYda joylashgan 262-sonli ijtimoiy dorixona.
13. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Suvyulduz MFYda joylashgan 77-sonli ijtimoiy dorixona.