17:44 (06.02.2025)

1242

Kompaniyamizning yana 2 ta dorixonasi GPP sertifikatiga ega bo‘ldi

«Yaxshi dorixona amaliyoti» (GPP)  farmatsevtlar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan farmatsevtika xizmatlarining tegishli sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan Qoidalar bo‘lib, O‘zbekistonda dorixonalar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga ko‘ra, dorixonalar o‘z faoliyatlariga majburiy tartibda «Yaxshi dorixona amaliyoti qoidalari»ni joriy etishlari kerak.

"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli yana ikkita dorixona GPP sertifikatiga ega bo‘ldi. Bular:

  1. Toshkent shahar, Mirobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosida joylashgan 9/4-sonli dorixona,

  2. Toshkent shahar, Sergeli tumanida joylashgan 9/3-sonli dorixona.

1993-yilda (GPP)  yo‘riqnomasi Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIPP) tomonidan qabul qilingan va JSST tomonidan har bir mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy  standartlarini yaratish uchun asos sifatida tasdiqlangan.

Dorixona tomonidan «Yaxshi dorixona amaliyoti» (GPP)  qoidalarining joriy etilganligi, vakolatli organ tomonidan beriladigan «Yaxshi dorixona amaliyoti» (GPP) O‘z DSt 3127:2016 Davlat standarti talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech