14:36 (17.09.2024)

324

Yevrosiyo farmatsevtika sammiti - 2024

Bugun Toshkentda “Global Pharma Leaders’ Club“ tomonidan tashkil etilgan V-Yevrosiyo farmatsevtika sammiti o‘z ishini boshladi.

Unda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendensiyalari muhokama qilinadi. Sammitda ushbu chet el davlatlaridan yetakchi mutaxassislar, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, distribyutorlar va dorixonalar tarmog‘idan ma’ruzachilar ishtirok etmoqda.

Sammit dasturi 20 dan ortiq sessiyani o‘z ichiga olgan. Unda tartibga solish siyosati, davlat xaridlari, yorliqlash, narxlash, sotish, marketing va dori vositalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlari va yetakchi farmatsevtika kompaniyalari top-menejerlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Sammit doirasida Toshkent shahridagi dori vositalari tarqatish markazlari va dori ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashriflar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Sammit 19 -sentyabrga qadar davom etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech