11:51 (31.01.2025)
334
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv organlari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganligi munosabati bilan 2025-yil 30-yanvar kuni kompaniya Boshqaruv raisi rahbarligida kompaniya tarkibidagi jamiyatlarning faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hududlardagi jamiyat rahbarlarining bugungi faoliyati, savdo ko‘rsatkichlari, tizimdagi dorixonalardagi shart-sharoitlar, jamiyatlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda tovar qoldiqlari, 2025-yil fevral-mart oylaridagi to‘lov rejalari haqidagi ma’lumotlari tinglandi.
Shunday so‘ng jamiyatlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi, takliflar o‘rtaga tashlandi. Xususan, bugungi kunda aholi o‘rtasida talab ko‘p bo‘lgan va ijtimoiy ahamiyatga dori vositalarini olib kelish, kompaniya dorixonalarini bunday dori vositalari bilan to‘ldirish, mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, dorixonalarda sotuvchi va xaridor uchun yanada qulay sharoit yaratish masalalari kun tartibiga chiqdi.
Dori vositalarining markirovka jarayonlariga alohida e’tibor berish, savdo jarayonlarini “M-Apteka+” avtomatlashtirilgan tizimda yanada soddalashtirish, dorixonalarning “GPP” sertifikatini olish jarayonlarini tezlashtirish, reimbursatsiya dasturiga ulash bo‘yicha tavsiyalar berildi.