14:50 (15.05.2024)

873

Farmatsevtika bozori rivojlanmoqda va tartibga solinmoqda

Oʻzbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan boʻlib, 2016-yilda esa uning yangi tahriri ishlab chiqildi, bu esa iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun huquqiy asos yaratdi.

2022-yilda Oʻzbekistonda 152 ta mahalliy korxona faoliyat koʻrsatishni boshlagan boʻlsa, shundan 42 tasi xorijiy ulushga ega edi. Mazkur korxonalarda 35 ta farmakoterapevtik guruhga mansub boʻlgan va tibbiyotning 28 ta yoʻnalishida qoʻllaniladigan 2373 nomlanishdagi dori vositalari ishlab chiqarilayotgan boʻlib, bu esa bozor ulushining 55 foizdan ziyod qismini tashkil etadi.

8083 ta dori preparatlaridan 5710 turi 70 ta mamlakatdan import qilinadi. Xalqaro tibbiyot amaliyotida qoʻllaniladigan 350 ta dorivor oʻsimliklarning 71 turi Oʻzbekistonda sanoat plantatsiyalarida madaniylashtirilmoqda.

Respublikada 8 ta ilmiy-tadqiqot instituti va markazlari, shuningdek, qandli diabetni davolashda qoʻllaniladigan insulin dori vositasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyodagi yagona zavod faoliyat olib bormoqda.

2018-2023-yillar davomida farmatsevtika tarmogʻida ishlab chiqarish 3 baravar, eksport esa 6 baravar oshdi, 525 mln. dollarlik 177 ta loyiha ishga tushirildi va jami 50 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. 

Shu bilan birga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 28-noyabrdagi selektor yigʻilishida nutq soʻzlar ekan, mamlakatimizda eng koʻp isteʼmol qilinadigan 50 ta dori vositasini ishlab chiqarishni takil etish hisobiga farmatsevtika sohasida mahalliylashtirish darajasi 35 foizga yetkazish vazifasni qoʻydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi ulushini 18 foizdan 40 foizga oshirish, shuningdek original preparatlarni yaratishni boshlash koʻzda tutilgan edi. Tashkent Pharma Park klasteri qurilishini jadallashtirish, farmatsevtika korxonalarining esa GMP xalqaro standartiga oʻtishini tezlashtirish va dori preparatlarini markalash tizimini yaratishga  qaror qilindi. 16 ta farmatsevtika klasterini rivojlantirish boʻyicha  tegishli chora-tadbirlarni amalga  oshirish, shuningdek, mahalliy dorivor oʻsimliklardan foydalanish darajasini keskin oshirish (hozirgi kunda 750 ta oʻsimlik turining 75 foizidan foydalanilmoqda) nazarda tutilgan.

Bu vazifani hal etish uchun 1,5 mlrd dollarlik 173 ta loyiha shakllantirilib, ularning amalga oshirilishi yakunlari boʻyicha esa  2024-yilda 400 mln dollarlik mahsulot ishlab chiqarish va 160 mln dollarlik eksportni tashkil etish koʻzda tutilgan. 

Mutasaddilarga kafolatlangan paketga kirgan dorilarni elektron retsept asosida berish imkoniyatiga ega “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimlarini ishga tushirish topshirildi. Kelgusida  barcha retseptlar dorixonalarga  elektron shaklda yuborilishi koʻzda tutilgan.

Maqolani toʻliq varianti:"Iqtisodiy sharh" jurnali №4/2024 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech