08:56 (02.05.2025)

558

Farmatsevtlar malaka oshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-may kunidagi "Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 4310-son Qaror talablariga asosan, oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy, tibbiy ta’limida to‘planadigan kreditlarning hajmi belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, o‘rta maxsus tibbiyot va farmatsevtika kadrlari 5-yil davomida 180 soat kredit hajmda kredit balllari yig‘ishlari talab etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi "Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" gi 319-son qarori 14-bandida: Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tayanch uslubiy markazi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagi qarorlar talablarini bajarish, shuningdek “Dori-darmon” Aksiyadorlik kompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan farmatsevt xodimlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirish maqsadida, kompaniyaning 18 nafar va Sirdaryo mintiqaviy bo‘limining 13 nafar farmatsevt xodimlari Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida 144 kredit soat malaka oshirish kurslarini muvaffaqqiyatli tamomlab, test sinovlari hamda malaka toifalariga mos ravishda tabaqalashtirilgan savollar asosida suhbatdan o‘tdilar va tegishli sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Shu bilan birga, kasbiy malaka oshirish davomida farmatsevtika sohasiga tatbiq etilayotgan yangi qoida va me’yorlar, sohadagi yangiliklar shuningdek, huquqiy hujjalar bo‘yicha bilim va mahoratini oshirdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech