11:30 (10.10.2025)
89
Farmatsevtika sohasidagi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri sanalgan "Bayer Global" vakillari kuni kecha “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi farmatsevtlari uchun maxsus oʻquv-trening tashkil etdi. Tadbirning asosiy maqsadi - dorixona xodimlarini zamonaviy dori vositalari haqida yangiliklar bilan tanishtirish va ularning kasbiy bilimlarini mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Ushbu oʻquv-trening davomida Bayer kompaniyasining menejer-mutaxassislari tomonidan maʼruzalar slayd koʻrinishida, ilmiy faktlar asosida taqdim etildi. Asosiy eʼtibor kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Oʻzbekiston bazorida taab yuqori boʻlgan retseptsiz beriladigan dori vositalariga qaratildi. Xususan:
Berantin mazi – bolalar va kattalarda teri muammolarini bartaraf etish, terini namlantirish va tiklash uchun ishlatiladi.
Elevit Pronatal – homiladorlikka tayyorgarlik koʻrayotgan, homilador va emizikli ayollar uchun moʻljallangan vitamin-mineral majmuasi. U nutritiv tanqisliklarni bartaraf etish, homilaning sogʻlom rivojlanishi va ayol salomatligini qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynaydi.
Claritin (Klaritin) – zamonaviy antigistamin vosita boʻlib, allergik rinit, koʻz yosh oqishi, teridagi dogʻlar va quruqlik kabi allergik simptomlarni yengillashtiradi. Uyqu keltirmaydi va uzoq taʼsirga ega.
Aspirin C – shamollash va yuqori harorat holatlarida foydalaniladigan klassik vosita boʻlib, tarkibida askorbin kislotasi (vitamin C) ham mavjud.
Kalsemin – kalsiy, D3 vitamini, magniy va sink kabi muhim minerallarni oʻz ichiga olgan vitamin-kompleks boʻlib, suyaklar va boʻgʻimlar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Trening jarayonida mutaxasislar bu dori vositalarining qoʻllanilishi, taʼsir etuvchi asosiy moddasi, organizga taʼsir jarayoni, bolalar va kattalar uchun moʻljallangan dozalari, nojoʻya taʼsirlari va aholiga tavsiya etish tartibi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Xususan, Elevit Pronatal nafaqat xomilador ayollar uchun, balki har bir ayol salomatligi uchun muhim boʻlib, organizmga zarur boʻlgan meneral va vitaminlarni yetkazib berishi qayd etildi.
Oʻquv –tering soʻngida ishtirokchilar oʻrtasida savol-javob shaklida mini-test oʻtkazildi. Unda ishtirokchilar olgan bilimlarini namoyon qilish imkoniga ega boʻlishdi.
Ushbu tadbir nafaqat bilim almashish, balki amaliyotchi farmatsevtlar bilan ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oʻrtasida samarali muloqot maydoni sifatida xizmat qildi. Ishtirokchilar zamonaviy dori vositalari haqida keng maʼlumotga ega boʻlishdi, bu esa oʻz navbatida aholiga yanada sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshiradi.
Maʼlumot uchun, Bayer Global– Germaniyaning 160-yillik tarixga ega yirik kompaniyasi boʻlib, dunyo miqyosida sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va qishloq xoʻjaligi sohalarida innovatsion yechimlar taklif etadi. Kompaniya farmatsevtika yoʻnalishida saraton, yurak-qon tomir, ginekologiya va gemofiliya kabi jiddiy kasalliklarni davolash uchun retseptura dori vositalari, shuningdek kyeng omma uchun moʻljallangan retseptsiz dori vositalari, teri parvarishi va ogʻriq qoldiruvchi vositalar, vitamin va oziq-ovqat qoʻshimchalari ishlab chiqaradi.
"Dori-Darmon" va "Bayer Global" kompaniyalari oʻrtasidagi uzoq yillik hamkorlik aholi sogʻligini saqlash va ular uchun zarur va sifatli dori vositalari bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi reja qilingan.